6-may, dushanba kuni futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 37-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Lester”ni mag‘lub etdi (1:0).
Bellashuvning 70-daqiqasida “Siti” sardori Vensan Kompani jamoasining g‘alaba golini urdi.
Bu “mankunianlar”ning joriy mavsum “Ittihod” stadionida bo‘lib o‘tgan barcha musobaqalardagi 100-goli bo‘ldi.
Shu tariqa “Manchester Siti” Premyer liga klublari orasida uy uchrashuvlarida urilgan gollar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)