Angliya Premyer ligasining 37-turida “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar “Uotford”ga qarshi o‘yinda 2 ta golli uzatma berdi (3:0).
Belgiyalik futbolchi Angliya chempionatining joriy mavsumida 15 ta golga assistentlik qildi va bu borada top-5 chempionat futbolchilari orasida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi.
Undan keyingi o‘rinlarda “Bornmut” vingeri Rayan Freyzer va Dortmundning “Borussiya” klubi xavbeki Jeydon Sancho 14 tadan golli pas bilan 2-o‘rin, 13 ta golli uzatma bergan Lionel Messi (“Barselona”) esa 3-pog‘onani egallab turibdi.
Shuningdek, belgiyalik futbolchi mazkur musobaqa doirasida “gol+pas” tizimida 31 ochko jamg‘ardi (16+15).
So‘nggi bor 2009/10-yilgi mavsumda “Chelsi”ning ikki nafar futbolchisi Didye Drogba (39 ochko) va Frenk Lempard (36) “gol+pas” tizimida 31 va undan ko‘p ochko to‘plagandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)