Shimoliy Makedoniyada hukmron Sotsial-demokratik ittifoq vakili Stevo Pendarovski prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida g‘olib chiqdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Prezidentlik saylovlarining natijalari barchamiz — xalqimiz, oilalarimiz, mamlakat uchun o‘zimiz mansub bo‘lgan NATO va Yevropa Ittifoqi hamjamiyatiga kafolatlangan yo‘lni anglatadi”, — dedi Pendarovski g‘alaba qozongani e’lon qilinganidan so‘ng.
Mamlakat saylov komissiyasiga ko‘ra, Pendarovski 52 foiz, uning raqibi, muxolifat partiyasi vakili Gordana Silyanovski-Davkova 45 foizi ovoz to‘plagan.
Izoh (0)