“O‘zgidromet” markazidan ma’lum qilishlaricha, bu haftada may oyining birinchi kunlarida hukmronlik qilgan yuqori bosim past bosim bilan to‘liq almashishi kuzatiladi, deb yozadi O‘zA.
Ya’ni havo harorati kechalari 7-12 daraja, kunduz kunlari 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.
Bunday hodisaning sababi Turkmaniston hududlari orqali Erondan kirib kelayotgan issiq havo bilan bog‘liq.
Qayd etish joizki, bu haftada iyun oyiga xos bo‘lgan quyoshli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Havo harorati kechalari 15-20 darajagacha, kunduz kunlari 30-35 darajagacha, respublikaning shimoli-g‘arbiy va janubiy hududlari bo‘yicha 37-39 darajagacha ko‘tariladi.
Bunday harorat me’yoriy qiymatlardan o‘rtacha 3-5 darajaga ko‘p bo‘ladi.
Izoh (0)