• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ulug‘bek Hamdam: “Tildan mahrum bo‘lish o‘zlikdan, o‘zlikdan mahrum bo‘lish esa, or-u nomusdan mahrum bo‘lishdir”

    Adabiyotshunos olim, shoir va yozuvchi Ulug‘bek Hamdam O‘zA sahifasida davlat tili haqidagi mulohazalarini bayon qildi.

    Foto: ToshDO‘TAU

    Foto: ToshDO‘TAU
    1. Til millatning millat ekanligini ko‘rsatuvchi ko‘rsatgich, milliy davlatchilik o‘zagini tashkil qiluvchi muhim ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy tarixiy, psixologik poydevor hisoblanadi. Bir guruh o‘zbekistonlik ziyolilarning rus tiliga rasmiy maqom berish to‘g‘risidagi takliflari to‘g‘ridan to‘g‘ri ana shu poydevorga urilgan zarba deb baholash kerak. Bu kabi chiqishlar sekin-asta yurtdoshlarimiz yuragiga, keyin ular o‘rtasiga g‘ulg‘ula solishi, kelajakda esa, xalqni qoq ikkiga bo‘lib tashlashi mumkinligini hisobga olib, bu taklifga keskin “Yo‘q!” degan javobni berish kerak.

    2. 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi millatimizning qaytadan oyoqqa turishiga teng tarixiy, siyosiy, ma’naviy va psixologik hodisa edi. Bu hodisa necha zamonlardan beri tilimizni tiklash, qadrlash va hayotga qaytarish yo‘lidagi ulkan odimlardan biri bo‘lib tarixga kirdi. Mustaqillikning asos shartlaridan biri ham, shubhasiz, til mustaqilligidir. Mazkur tarixiy qadam bilan biz o‘z ona tilimizni sekin-asta yo‘qolib ketish xavfidan saqlab qoldik. Demak, yuz yillar mobaynida erishilgan yutuqni tanglayi o‘zga tilda ko‘tarilgan bir hovuch ziyolining taklifi bilan barbod qilish millat tarixida kechirib bo‘lmas xato va dog‘ bo‘lib qolishini hisobga olib taklifga yana bir bor “Yo‘q!” deb javob berish kerak.

    3. Til bilish – yaxshi. Til bilish bu – uyg‘onish. Hatto Renessans davrida ham odamlarning kamida ikki-uch tilni bilishi odatiy hol sanalgan. Ulug‘larimiz bir tilni bilgan bir odam, ikki tilni bilgan ikki odam, deya o‘git berib kelganlar. Behbudiy to‘rt tilni bilishni targ‘ib qiladi. Lekin o‘zga tilni bilish o‘z ona tilingning unutish hisobiga bo‘lmasligi lozim. Aks holda, o‘zlikni boy berib qo‘yish mumkin. Shu ma’noda bugun hamma Navoiy bo‘lishi shart! Albatta, gap uning dahosiga tenglashish haqida emas, balki turkiy tilga – ona tilimizga munosabat borasida uning safidan joy olishimiz haqida bormoqda. Bugun har bir o‘zbek ongli ravishda borib, Navoiyning yoniga turmasa, uning pozitsiyasidan turib tilimizga yondashmasa, o‘zligimizga, milliy davlatchiligimizga putur yetishi mumkin. Tilni, demakki, o‘zlikni saqlashning bugungi yo‘li bitta – Navoiy bo‘lmoq!

    4. Kimniki tili qaysi tilda chiqsa, u o‘sha millatga mansub bo‘ladi. Tanining oq yo qora bo‘lishi hal qiluvchi ahamiyatga ega emas. Uning kimligini til hal qiladi. Chunki til orqali millatning ruhi kirib boradi. Sen o‘z ona tilingni bilasanmi, demak, xalqingni bilasan. Ammo bugun zamonlar o‘zgardi. Bugun biz internet davrida yashayapmiz. Internet globallashuvga xizmat qilmoqda. Demak, ona tilimizning qo‘llanilishini zamonaning talablariga hamqadam olib borishimiz, chunonchi, o‘zbek tilida internetdan to‘liq foydalanish imkonlarini (bu soha bilan bog‘liq barcha dasturlarni), ayni paytda, dunyoning jamiki faol tillaridan o‘zbek tiliga, o‘zbek tilidan esa ana o‘sha faol tillarga tarjima qiladigan elektron tizimlarni, lug‘atlarni imkon qadar tezlik bilan yaratishimiz kerak bo‘ladi. Shuningdek, hamma sohalardagi ahamiyatga molik asarlarni o‘zbekcha tarjimalariga ega bo‘lishimiz shart. Yo‘qsa, yoshlarimiz ongi va qalbini boy berib qo‘yishimiz hech gapmas. Chunki yoshlar hayotga real qaraydi. Ularni quruq va’dalar bilan “olib o‘tirib” bo‘lmaydi. Ularga hayotlari davomida asqatadigan real takliflar berish kerak. Chunonchi, “bolam, millatingni hurmat qilsang, ona tilingda gapir, xalqingning sog‘lom urf odatlarini, o‘tmishini unutma!” desangiz-u bu yoqda o‘zbek tilida gapirish, yozish kelajak bilan chambarchas bog‘lanib ketmaganligi ma’lum bo‘lib tursa, hamma nasihatlar suvga oqadi-ketadi. Ayniqsa, rus, ingliz yoki xitoy tilini o‘rganish, gapirish va yozish unga real moddiy-ma’naviy foydalar olib kelib tursa, bugungi o‘g‘il-qizlarimizning katta bir qismi uchun o‘z ona tilimiz haqidagi gaplarimiz hayotdan uzilgan ertaklardek eshitilishi turgan gap. Bas, shunday ekan, tilimizning, avvalo, o‘z yurtimizdagi mavqeini oshirish uchun qat’iy va aniq chora tadbirlar olishimiz shart. Buning uchun,

    • birinchidan, O‘zbekistonda tug‘ilib yashayotgan har qanday vatandosh, millatidan qat’i nazar, davlat tili bo‘lmish o‘zbek tilini bilishi majbur deya, bosh Qomusimizda qat’iy qilib belgilab qo‘yilsin;
    • ikkinchidan, yurtimizda faoliyat olib borayotgan hamma tashkilotlar davlat tili bo‘lmish o‘zbek tilida ish yuritsin;
    • uchinchidan, ishga kirayotgan har qanday xodim o‘zbek tilida savodli gapirish va yozish malakasi bo‘yicha sinov topshirsin. (Buning ham darajalari bo‘lsin, albatta. Chunki o‘zga millat vakili uchun birdaniga til bilimining yuksak darajasini talab qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi).
    Aytilganlardan xulosa qilib aytish joizki, davlat tilimiz bo‘lmish o‘zbek tiliga to‘g‘ri va adolatli munosabatni shakllantirish uchun unga har tomonlama e’tiborni kuchaytirishimiz, uni, avvalo, zamonaviy ilm-fan tiliga aylantirishimiz kerak bo‘ladiki, shundagina o‘zgalar ham tilimizni hurmat qilib tan olishadi va o‘rganishadi. Zero, til bu o‘zligimizdir. Tildan mahrum bo‘lish o‘zlikdan, o‘zlikdan mahrum bo‘lish esa, or-u nomusdan mahrum bo‘lishdir.

    05.05.2019, 14:29   Izoh (0)   19991
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda ruda konidan tarkibida oltin bo‘lgan toshlarni olib chiqish bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

    05.05.2019, 14:25

    O‘zbekistonda prokuratura organlari 2018-yili 2,2 trln so‘m zararni undirdi

    05.05.2019, 12:55

    Sayyora Xo‘jayeva: Til bo‘yicha murojaatga mening aloqam yo‘q

    05.05.2019, 12:15

    Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlarga Sergeli tumanidagi 304-maktabni qayta qurishni taklif qildi

    05.05.2019, 12:10

    Toshkentda oltinchi sinf o‘quvchisi Anhor kanaliga cho‘kib ketdi

    05.05.2019, 10:40

    Qashqadaryoda Koreya andozasi asosida qayta ta’mirlangan dastlabki bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi

    05.05.2019, 10:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.