Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi (TRK) va shaharning tegishli xizmatlari bilan hamkorlikda 1-may kuni “Zilzila natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda obyekt fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda shaharning tegishli xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Bu haqda teleradiokompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘quv mashqini o‘tkazish davomida shahar Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi xizmatlari hamda obyekt Fuqaro muhofazasi tuzilmalarini zilzila natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlari hamda ko‘nikmalari mustahkamlangan.
O‘quv mashqi to‘rt bosqichda o‘tkazilgan bo‘lib, jami 82 nafar xodim, 6 ta maxsus texnika va zaruriy asbob-anjomlar jalb etilgan.
Izoh (0)