Qrim OAVlari shamolning havo sharida 12 yoshli qizchani ochiq dengiz tomonga uchirib ketishi tasvirlangan videolavhalarni havola qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Lavhalarda havo sharining uy hovlisi ichiga tushganini ko‘rish mumkin. Savat yerga to‘g‘ri holatda tushgan, ammo havo shari yirtilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, bunday vaziyat havo sharining yerga noto‘g‘ri qo‘ndirilishi sabab bo‘lgan. Havo sharida to‘rt kishidan iborat bir oila va bir instruktor bo‘lgan.
Biroq, havo shari qo‘ngach, to‘rt kishi undan tashqariga chiqqan, qizaloq esa havo shari savati ichida yolg‘iz qolib ketgan.
https://www.youtube.com/watch?v=1RXLPAJkuQs
Izoh (0)