UEFA tashkiloti Yevropa Ligasi yarim finalining dastlabki o‘yinlari yakuniga ko‘ra haftaning eng yaxshi o‘yinchisini e’lon qildi.
Ushbu nomga “Arsenal” hujumchisi Aleksandr Lyakazett munosib deb topildi. Eslatib o‘tamiz, u “Valensiya”ga qarshi kechgan yarim finalning dastlabki bahsida dublga erishdi (3:1).
Lyakazettdan tashqari mazkur sovringa uning jamoadoshi Pyer-Emerik Obameyang, “Chelsi” yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik hamda “Ayntraxt” darvozaboni Kevin Trapp da’vogarlik qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)