Fransiya professional futbolchilar uyushmasi (UNFP) mavsum yakuniga ko‘ra mamlakat oliy divizionining eng yaxshi murabbiyi nomiga da’vogarlarni ma’lum qildi.
Unga ko‘ra 5 nafar mutaxassis ushbu nomga da’vogarlik qilmoqda:
Kristof Galtye (“Lill”), David Gion (“Reyms”), Bruno Jenezio (“Lion”), Tyerri Lore (“Strasburg”), Tomas Tuxel (PSJ).
PSJ, “Lill” va “Lion” musobaqa jadvalida kuchli uchtalikdan o‘rin egallab turgan bo‘lsa, “Reyms” klubi 8-o‘rinda bormoqda. “Strasburg” esa 10-pog‘onadan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy mavsum yakuniga ko‘ra Fransiya chempionatida eng yaxshi o‘yinchi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘lgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)