Internetda Yelena Polyanskaya ismli internet foydalanuvchisi Yunusobod tumanidagi 23-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi 15 yoshli R.Sga tan jarohatlari yetkazilgani haqida ma’lumot e’lon qildi, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB.
IIBB ma’lum qilishicha, shu yilning 30-mart kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (“Qiynash”) 2-qismi “a” bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 7-aprel kuni ish Yunusobod tuman IIBga keyingi tergov o‘tkazish uchun yuborilgan. Tergov davom etmoqda.
Sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, bolada haqiqatdan ham yengil tan jarohatlari aniqlangan. Mehribonlik uyining tarbiyachilaridan biri tan jarohatlari yetkazishda gumon qilinmoqda.
“Hozirgi vaqtda o‘smir Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmagan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida professional psixologlar hamda tarbiyachilar kuzatuvi ostida”, deyiladi xabarda.
Izoh (0)