1-may, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalining dastlabki o‘yinida “Barselona” o‘z maydonida “Liverpul”ni mag‘lub etdi (3:0).
Uchrashuvning 26-daqiqasida kataloniyaliklar hujumchisi Luis Suares Alisson Bekker darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, “Barselona” yetakchisi Lionel Messi 75 va 82-daqiqalarda gol urib, dublga erishdi.
Bu “ko‘k-anor ranglilar”ning mazkur musobaqadagi 500, 501, 502-gollari bo‘ldi.
MisterChip’ning xabar berishicha, “Barselona” ushbu ko‘rsatkichga erishgan tarixdagi ikkinchi jamoaga aylandi.
Bu borada “Real” yetakchi hisoblanadi. Madrid klubi hisobida ayni damda 551 ta gol mavjud.
Yevropa Chempionlar Ligasida eng ko‘p gol urgan jamoalar ro‘yxati:
- “Real Madrid” (Ispaniya) — 551 ta gol
- “Barselona” (Ispaniya) — 502
- “Bavariya” (Germaniya) — 457
- “Manchester Yunayted” (Angliya) — 373
- “Yuventus” (Italiya) — 292
- “Arsenal” (Angliya) — 281
- “Chelsi” (Angliya) — 266
- “Portu” (Portugaliya) — 253
- “Milan” (Italiya) — 229
- “Lion” (Fransiya) — 200
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)