Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning Surxondaryoga tashrifi 30-aprel kuni boshlangan edi.
Bugun, 1-may kuni davlat rahbari Termiz shahrida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qatnashdi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi zamonaviy tikuvchilik korxonasi va innovatsion ko‘chma kinoteatr loyihasi bilan tanishdi.
Izoh (0)