2-may kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Rossiya TIV rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi.
Tashrif dasturiga ko‘ra O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokalar o‘tkazilishi va siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ilgari erishilgan O‘zbekiston-Rossiya kelishuvlarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilinishi kutilmoqda.
Tomonlar xalqaro muammolar, mintaqada xavfsizlkni ta’minlash masalalari, jumladan Afg‘onistonda tinchlik jarayonlarini boshlashga ko‘maklashish yuzasidan fikr almashadilar.
3-may kuni Sergey Lavrov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasida mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi ishtirokchi davlatlarining 11-uchrashuvida qatnashadi.
Izoh (0)