Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 34-turida Parijning PSJ klubi safarda “Monpelye” bilan bahsga kirishdi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida mezbon jamoa himoyachisi Ambruaz Oyongo o‘z darvozasiga gol urib qo‘ygan bo‘lsa, oradan 9 daqiqa o‘tib parijliklar futbolchisi Presnel Kimpembe ham avtogol muallifiga aylandi (1:1). 62-daqiqada esa argentinalik yarim himoyachi Anhel Di Mariya PSJni hisobda oldinga olib chiqdi (2:2). O‘yinning 80-daqiqasida monpelyelikalr hujumchisi Andi Delor hisobni tenglashtirdi (2:2). Bellashuvning asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolganda senegallik o‘yinchi Sulaymon Kamara Janluiji Buffon qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi (3:2).
Shu tariqa parijliklar mehmonda kechgan bahsda “Monpelye”ga yutqazib qo‘ydi (2:3).
34-tur bahsi
30-aprel, seshanba
“Monpelye”—PSJ 3:2
Gollar: 0:1 — 12, avtogol, Oyongo, 1:1 — 21, avtogol, Kimpembe, 1:2 — 62 Di Mariya, 2:2 — 80 Delor, 3:2 — 85 Kamara“Monpele”: Lekomt, Oyongo, Pedru Mendesh, Ilton, Suares (Lasn, 73), Le Tallek, Skiri, Molle (Sambiya, 83), Kongre, Labord, Delor (Kamara, 83)
PSJ: Buffon, Markinyos, Bernat, Dagba, Dani Alves, Di Mariya, Draksler, Shupo-Moting (Kurzava, 46), Paredes, Kimpembe, Neymar
Ogohlantirishlar: Kimpembe (29), Bernat (40), Suares (45), Skiri (56), Le Tallek (72), Dagba (76), Kurzava (90)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)