Ugandada 21-asrdagi eng serfarzand ayol topildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Ma’lum bo‘lishicha, Mariam Nabatanzi 39 yoshigacha 39 nafar farzandli bo‘lishga ulgurgan. Ayol birinchi farzandini atigi 13 yoshligida dunyoga keltirgan.
Ayolning organizmi kam uchraydigan noyob xususiyatga ega bo‘lib, buning natijasida u doim bir nechtadan farzand ko‘radi.
Hozir Mariyam 39 yoshda bo‘lib, uning 5 nafar egizaklari, 3 nafar uch egizaklari va 5 nafar to‘rt egizaklari bor. Bolalarning barchasi uncha katta bo‘lmagan uyda yashaydi.
Ayolni turmush o‘rtog‘i uch yil avval tashlab ketganligi sababli farzandlarini yolg‘iz o‘zi katta qilmoqda.
Izoh (0)