Xitoyning Ninbo shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Sunnatilla O‘sarov kumush medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.
26-aprel, juma kuni erkaklar o‘rtasida 102 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Sunnatilla O‘sarov dast ko‘tarish bahsida 172 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib, kumush medalini qo‘lga kiritdi. Siltab ko‘tarishda esa birinchi urinishda 191 kg natija ko‘rsatgan sportchi ikkinchi va uchinchi urinishda 197 kg og‘irlikni ko‘tarolmadi. Ikki kurash natijasi ko‘ra 363 kg natija ko‘rsatgan O‘sarov 4-o‘rin bilan cheklandi.
Osiyo chempionati. Ninbo, Xitoy
Erkaklar -102 kg
- Rizo Bayrolvand (Eron) – 389 kg (173 kg+216 kg)
- Amir Hoghougi (Eron) – 384 kg (169 kg+215 kg)
- Taro Tanaka (Yaponiya) – 364 kg (170 kg + 194 kg)
- Sunnatilla O‘sarov (O‘zbekiston) – 363 kg (172 kg + 191 kg)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)