Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 35-tur bahslariga 27-aprel kuni start beriladi.
Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” klubi o‘z maydonida “Valyadolid”ni qabul qiladi. Bellashuvga soat 19:15 da start beriladi. Eslatib o‘tamiz, “matraschilar” 34-turda “Valensiya”ni 3:2 hisobida taslim qilgandi.
Shu kuni musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan Leo Messi yetakchiligidagi “Barselona” klubi “Kamp Nou” stadionida “Levante”ni sinovdan o‘tkazadi. O‘yin soat 23:45 da boshlanishi belgilangan. Ta’kidlash joiz, kataloniyaliklar avvalgi turda mehmonda kechgan bahsda “Alaves”ni mag‘lubiyatga uchratgandi (2:0).
Musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan Zinedin Zidan boshliq Madridning “Real” klubi 28-aprel kuni “Rayo Valyekano” maydoniga safar qiladi. Bahsga soat 23:45 da start beriladi. Ma’lumot uchun, “Qirollik klubi” oxirgi turda “Xetafe” bilan durang o‘ynagandi (0:0).
34-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
La Liga
35-tur bahslari
27-aprel, shanba
“Atletik Bilbao”—“Alaves” 16:00
“Atletiko Madrid”—“Valyadolid” 19:15
“Leganes”—“Selta” 21:30
“Barselona”—“Levante” 23:45
28-aprel, yakshanba“Valensiya”—“Eybar” 15:00
“Jirona”—“Sevilya” 17:00
“Real Sosyedad”—“Xetafe” 19:15
“Vilyarreal”—“Ueska” 21:30
“Rayo Valyekano”—“Real Madrid” 23:45
29-aprel, dushanba“Betis”—“Espanyol” 00:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)