Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 36-turida musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan “Tottenhem” jamoasi o‘z uyida Londonning boshqa bir klubi “Vest Hem”ni qabul qildi.
Uchrashuvdagi yagona gol 67-daqiqada kiritildi. Unga “Vest Hem” yarim himoyachisi Maykl Antonio mualliflik qildi. Shu tariqa “shporlar” o‘z maydonida “Vest Hem”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:1).
Mazkur o‘yindan so‘ng “Tottenhem” 70 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. “Vest Hem” hisobida esa 46 ochko mavjud va klub 11-pog‘onadan joy egallab turibdi.
APL
36-tur bahsi
27-aprel, shanba
“Tottenhem”—“Vest Hem” 0:1
Gol: 0:1 — 67 Antonio“Tottenhem”: Lyoris, Foyt, Alderveyreld, Devis, Rouz (Yanssen, 77), Lukas Moura (Lyorente, 66), Alli (Vanyama, 85), Eriksen, Dayer, Sanches, Son Hyon Min
“Vest Hem”: Fabianski, Frederiks, Masuaku, Diop, Rays, Felipe Anderson, Antonio, Snodgrass (Obiang, 77), Nobl (Ogbonna, 85), Arnautovich (Peres, 80), Balbuena
Ogohlantirishlar: Snodgrass (26), Frederiks (86)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)