23-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya chempionati 31-turining qoldirilgan uchrashuvi “Uotford” —“Sauthempton” o‘rtasida kechdi.
32 yoshli futbolchi o‘yinning 7,69-soniyasida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Opta’ning xabar berishicha, bu Premyer liga tarixida eng tezkor urilgan gol bo‘ldi.
Bellashuvga start berilgandan so‘ng irlandiyalik hujumchi “Uotford” himoyachisining xatosidan unumli foydalanib, darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi va darvozani ishg‘ol qildi.
Mazkur ko‘rsatkichda avvalroq “Tottenhem” himoyachisi Ledli King rekord o‘rnatgandi. U 2001/02-yilgi mavsumda “Bredford”ga qarshi kechgan o‘yinning 10-soniyasidayoq gol urgandi.
APL tarixida eng tezkor gol mualliflari:
- Sheyn Long — 7,69 soniya
- Ledli King — 9,82 soniya
- Alan Shirer — 10,52 soniya
- Kristian Eriksen — 10,54 soniya
- Mark Viduka — 11,90 soniya
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)