• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Abituriyent

    Yaponlar dangasa talabalarni yoqtirmaydi. Kunchiqar mamlakatga o‘qishga borib, hozirda yaponlarga dars berayotgan o‘zbekistonlik yigit hikoyasi

    Yaponiya ta’lim tizimi bo‘yicha o‘ziga xos yo‘nalish yaratgan davlatlardan biri hisoblanadi. Kunchiqar mamlakatda ta’lim olish tartibi qanday? Xorijlik talabalar uchun qanday imkoniyat, sharoit va imtiyozlar mavjud? Yaponiyaga o‘qishga bormoqchi bo‘lgan talaba nimalar bilishi kerak? Bu haqida o‘zi Yaponiyada o‘qib, hozirda yaponlarga dars berayotgan dotsent o‘zbekistonlik Erkin Kurganov “Daryo”ga batafsil gapirib berdi.

    Erkin Kurganov 1987-yilda Namangan viloyati, Chortoq tumanida tug‘ilgan. 2010-yilda O‘zbekiston milliy universitetining biologiya fakultetini tamomlagan. Yaponiya Milliy fiziologiya institutida ilmiy ishlar olib borib, 2017-yilda PhD bosqichini muvaffaqiyatli tugatgan. Hozirda Kyoto texnologiya institutida dotsent (Assistent Professor) bosh miya va nerv sohasi bo‘yicha talabalarga dars berib kelmoqda.

    Foto: Facebook/@ErkinKS

    Foto: Facebook/@ErkinKS

    Ilk bor Yaponiyaga borishim haqida

    Yaponiya haqida ilk bor talaba bo‘lgan kezlarim eshitganman. O‘sha paytlari iqtidorli talabalar uchun “Sumitomo” fondi tashkil etilgan edi. Mana shu fond sabab, Kunchiqar mamlakatga qiziqishim uyg‘ongan. Talabalik paytimda yo‘nalish tanlashga qiynalganman lekin ustozlarim maslahati bilan biofizika yo‘nalishini tanlaganman. Keyinchalik ustozim akademik Ravshan Sabirovning taklifi va qiziqtirishlari tufayli 2010-yil Yaponiyaga borib, u yerdagi ilm-fan bilan tanishganman. 2012—2017-yillar davomida Yaponiya milliy fiziologiya institutida PhD (Bu 5 yillik dastur bo‘lib, 2 yil magistratura va 3 yil PhD) o‘qidim. Hozirda Kyoto texnologiya institutida bosh miya va nerv sohasi bo‘yicha talabalarga dars ham beryapman.

    Professor Seiji Miyata bilan Foto: Facebook/@ErkinKS

    Professor Seiji Miyata bilan Foto: Facebook/@ErkinKS

    O‘zbekiston va Yaponiya: ta’lim tizimi va farqli jihatlar

    Ta’lim tizimi O‘zbekistonning eng og‘riqli nuqtasi deb hisoblayman. Chunki Yaponiyada bir necha yillardan buyon o‘qib va shu sohada bir muddat ishlab tushundimki, yurtimizda ta’lim tizimi va tibbiyot o‘tgan davr mobaynida o‘z joyida qotib qolmagan, balki ortga ketgan desam adashmayman. Bu ortga ketish afsuski, maktabgacha ta’lim muassasasidan  boshlab, o‘sha aspirantura va doktoranturagacha davom etgan.

    Umuman olganda, Yaponiya va O‘zbekiston ta’lim tizimini taqqoslab bo‘lmaydi. Sababi tafovut juda katta. O‘zim misolimda aytadigan bo‘lsam, O‘zbekiston milliy universitetining biologiya fakultetidagi 4 yillik o‘qish davomida 60 ga yaqin fanlarni o‘zlashtirishga majbur bo‘lganmiz. Biologiya sohasida o‘qiydigan talabalar uchun masalan, etika, estetika va yana bir necha gumanitar sohadagi fanlarni nima keragi bor deydigan odam bo‘lmagan. Qizig‘i shundaki, hozir ham shu savolni beradigan odam yo‘q. Yana bir tomoni, bu talabalarni haqiqiy ilm bilan mustaqil shug‘ullanish uchun vaqti yo‘q. Shuning uchun biz yaponlarning ta’lim tizimidan juda ko‘p narsalarni o‘zlashtirishimiz kerak. Bunda birinchi navbatda o‘qituvchilarni maktablarga saralab olishdan boshlab, to dars berish usuli, yondashuvi oliy ta’limdagi dars jarayonlari va ilmiy daraja olishdagi erkinliklarni aytib o‘tishim mumkin.

    Foto: Facebook/@ErkinKS

    Foto: Facebook/@ErkinKS

    O‘zim hozirda faoliyat yuritayotgan dargohda talabalar asosan, boshlang‘ich 2 yilda (bakalavrlar nazarda tutilyapti) nazariy va amaliy jihatdan bilimlarini mustahkamlab, shu 2 yil davomida fakultetni har bir kafedrasi bilan tanishishadi. Uchunchi bosqich 2-semestrdan boshlab esa o‘zlari ariza topshirgan kafedradagi laboratoriyalarga biriktirilib, keyingi 1,5 yil davomida bevosita o‘z ilmiy ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladi. Mana buni erkinlik, erkin fikrlashga va kelajakda mustaqil bo‘lishga tayyorlov desa bo‘ladi.

    Nobel mukofoti sovrindori Professor Yoshinori Ohsumi bilan Foto: Facebook/@ErkinKS

    Nobel mukofoti sovrindori Professor Yoshinori Ohsumi bilan Foto: Facebook/@ErkinKS

    Yapon talabalari haqida

    Yapon talabalarini bir so‘z bilan ta’riflash qiyin. Yuqorida aytganimdek, dars berish jarayoni O‘zbekistondagidan ancha farqli bo‘lgani bois, talabalar ham shunga yarasha.  Masalan, darsda talaba yonidagilarga halal bermagan holda uxlashi mumkin va o‘qituvchi bu uchun talabani jazolamaydi. Talabalar bilan professorlarni munosabati, bir-birlariga bo‘lgan hurmati havas qilarli darajada. Professor o‘z laboratoriyasidagi talabalar bilan juda yaqin.  Men ham talabalarim bilan ilmiy mavzularni keng muhokama qilamiz, bir-birimizni eshitamiz, ularni keng fikrlashini ko‘rib havasim keladi. Ko‘pchilik talabalar dam olish kunlari vaqtinchalik ishlashi mumkin. Bu yerda uni “baito” (aslida “arubaito”) deyishadi. Bu talabalarga biroz bo‘lsa ham moliyaviy mustaqillik beradi.

    Foto: Facebook/@ErkinKS

    Foto: Facebook/@ErkinKS

    Yaponlar haqida anglaganlarim

    Yaponlar o‘ta muloyim xalq. Ba’zi urf-odatlari o‘zbeklarga o‘xshab ketadi. Tabiatdan barchasini boricha qabul qiladigan inson bo‘lganim uchun ko‘nikib ketishim unchalik qiyin bo‘lmagan. Menga ularning choy tayyorlash marosimi juda yoqadi. Har bir jarayonini erinmasdan bajarishadi. Ularni kuzatib turib, sabr degani shu bo‘lsa kerak-da deyman o‘zimga o‘zim. Yana ularda insonlarning bir-biriga bo‘lgan hurmati tahsinga sazovor. Eng asosiysi, yaponlar juda mehnatkash xalq. Ish soati tugashiga qaramay, ko‘pchiligi tungacha ishlaydi. Men ham borganimdayoq, ulardan shu xislatni yuqtirib olganman.

    Foto: Facebook/@ErkinKS

    Foto: Facebook/@ErkinKS

    Yaponiyada o‘qimoqchi bo‘lgan talabalarga maslahatlar

    Yaponlar o‘zi mehnatkash bo‘lganidek, boshqalardan ham shu mehnatsevarlikni, izlanishni kutadi. Shuning uchun Yaponiyaga kelib, o‘qimoqchi bo‘lgan talabalar o‘z sohasini sevadigan, ilmga chanqoq bo‘lishlari kerak. Albatta, ingliz tilini bilishlari, qolaversa, yapon tilini ham o‘zlashtirishsa, kelajakda o‘zlari uchun faqat foydali bo‘ladi. Yaponlarga o‘z tillarida muloqot qilsangiz, ular sizni judayam hurmat qilishadi. Ustozim akademik Sabirov doim “Chet elda o‘qishni va ishlashni xohlasangiz, o‘z sohangizni yoki chet tilini o‘zini bilishiz yetarli emas. Deylik, siz sohangiz bo‘yicha yetuk olimsiz, til bilmasangiz o‘z g‘oyalaringizni boshqalarga yetkazib bera olmasangiz natija nolga teng. Xuddi shunday chet tilini bilib, o‘z sohangizni bilmasangiz ham hech nimaga erisha olmaysiz. Ikkalasini ham teng olib borishga harakat qiling” deb ta’kidlardilar. Kelajakda Yaponiyaga kelib o‘qimoqchi bo‘lgan yoshlarga ham shu so‘zlarga e’tibor berishlarini so‘rardim.

    Foto: Facebook/@ErkinKS

    Foto: Facebook/@ErkinKS

    Mamlakatda talabalarga imkoniyatlar ko‘p. Masalan, boshqa xorijiy malakatlardan farqli ravishda xuddi bizdagiday Yaponiyada universitetlarda stipendiya beriladi. Bundan tashqari Monbukagakusho, JASSO kabi nomdor davlat stipendiyalari, shuningdek, har bir viloyat (prefektura), xususiy korxona va tashkilotlarning ham alohida stipendiyalari bor. Aytmoqchi bo‘lganim, haqiqiy o‘qiyman, izlanaman degan talaba uchun moliyaviy tomondan qo‘llovchi imkoniyatlar yetarli.

    Foto: Facebook/@ErkinKS

    Foto: Facebook/@ErkinKS

    Bundan tashqari, Yaponiyaga kelmoqchi bo‘lgan yoshlarga birinchi navbatda punktual (o‘z vaqtida) bo‘lishni maslahat beraman. Yaponiyada vaqtni qadrlashadi. Yaponiyada atigi 10 soniya kech qolgan yoki erta ketib qolgan poyezd uchun rasman uzr so‘ralgan holatlarni ko‘pchilik eshitgan yoki o‘qigan bo‘lsa kerak. Qisqa qilib aytganda, tarib-intizomli, bilimli kadr jamiyatda o‘z o‘rnini, albatta, topib ketadi.

    23.04.2019, 10:22   Izoh (0)   42336
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abituriyentlarni plastik karta ko‘rinishidagi mobil qurilmalar bilan ta’minlamoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

    08.08.2017, 14:48

    Jizzax politexnika institutida arxitektura va qurilish fakulteti ochildi

    23.06.2017, 18:23

    Abituriyent—2017: Ona tili va adabiyot fanidan testlar

    23.06.2017, 17:44

    Qo‘shimcha kontrakt narxlari tasdiqlandi. Uning qiymati oddiy kontraktning 10 barobaridan ham oshishi mumkin

    22.06.2017, 17:13

    Abituriyentlar uchun “Daryo”dan maxsus: Ona tili va adabiyot fanidan murakkab testlar

    22.06.2017, 16:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pentagonda tozalash: Trampni g‘azablantirgan razvedka boshlig‘i lavozimidan olindi

    Dunyo | 24 avgust, 14:44

    Kuvaytda noqonuniy spirtli ichimlikdan zaharlanib 23 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 24 avgust, 14:23

    Qiziriq tumani hokimi faoliyatidagi sustkashlik uchun jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 14:05

    Niderlandiyada Falastinni tan olish va Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etish taklifi rad etildi

    Dunyo | 24 avgust, 13:42

    O‘zbekistonda xonandalar daromadi to‘g‘risida soliq deklaratsiyasi to‘ldirishni boshladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 13:21

    Oddiy insonlar bilan turmush qurgan Gollivud yulduzlari

    Shou-biznes | 24 avgust, 12:31

    Germaniya Rossiya va Belarus fuqarolari uchun gumanitar vizalar berishni qayta tikladi

    Dunyo | 24 avgust, 12:10

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 11:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.