Varzob tumanida Tojikiston Ichki ishlar vazirligiga qarashli bolalar dam olish oromgohi vayron bo‘ldi, deya xabar beradi “ASIA-Plus”.
Vazirlik xalqaro tashkilotlardan tiklash ishlarida yordam so‘ramoqda. Sel oqimi vazirlikning Varzob tumanidagi Siyom shaharchasida joylashgan yozgi oromgohning uchta binosini vayron qilgan.
Bundan tashqari, oromgohning barcha yo‘llarini sel yuvib ketgan, deya xabar beradi respublika IIV matbuot xizmati.
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi oromgohni qayta tiklash uchun xalqaro tashkilotlardan yordam so‘radi.
Izoh (0)