Taniqli yapon aktrisasi Maeda Atsuko O‘zbekistonning Yaponiyadagi faxriy turizm elchisi etib tayinlandi. Aktrisaga “O‘zbekiston turizm elchisi” sertifikatini topshirish marosimi 23-aprel kuni Tokioda bo‘lib o‘tdi, bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi matbuot xizmati xabar qiladi.
Yaponiyalik yetakchi OAV mazkur voqeani keng yoritmoqda. Bu esa o‘z navbatida yaponiyalik potensial sayyohlar uchun O‘zbekiston brendini turistik yo‘nalishlardan biri sifatida tanitishga xizmat qiladi.
Maeda Atsuko — taniqli yapon aktrisasi va xonandasi. 2005—2012-yillarda “AKB48” guruh tarkibida faoliyat olib borgan, hozirgi vaqtda yakkaxon tarzda ijod qiladi. Maeda ilk bora kinoda 2007-yil rejissor Ichikavi Junning “O‘zlikni topish” filmida suratga tushgan. U 2001-yilda suratga olingan “Mislsiz Jannat” serialidagi Asiya Midzuki roli orqali mashhurlikka erishgan.
Izoh (0)