23-aprel, seshanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining beshinchi kungi janglari doirasida navbatdagi o‘zbekistonlik bokschining jangi yakunlandi.
Ayollar o‘rtasida -75 kg vazn toifasida ringga chiqayotgan Mavluda Mavlonova Xitoy taypeyilik bokschi Vei-Siyen Lin bilan jang qildi. 3 raund yakuniga ko‘ra Mavluda ochkolar hisobiga raqibiga mag‘lub bo‘ldi va musobaqadagi yurishini to‘xtatdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shukurjon Rahimov, Sanjar Tursunov g‘alaba qozongan bo‘lsa, Isroil Madrimov mag‘lubiyatga uchradi.
Ayollar o‘rtasida -60 kg vazn toifasi vakili Rayhona Qodirova esa mo‘g‘ulistonlik bokschiga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)