Namangan viloyatining Chortoq tumanida joylashgan Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi maqbara, masjid, ramziy darvoza va muzeydan iborat. O‘zA bu qadamjodan fotolavhalar tayyorladi.
Davlat rahbari ko‘rsatmasi asosida bu yerda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.
Loyiha asosida qadamjo qadimiy usulda ta’mirlanib, keng va obod ziyoratgohga aylantirilmoqda.
Ziyoratchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda. Shuningdek, bu yerda kutubxona ham tashkil etiladi.
Izoh (0)