Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida joylashgan katta avtomobil yo‘li kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida o‘pirilibdi tushdi. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘pirilib tushgan yo‘l suratlari tarqaldi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.
Qayd qilinishicha, mazkur voqea tumanning Oqrabot mahalla fuqarolar yig‘inida sodir bo‘lgan. Tog‘-adirliklardan iborat hududda kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida yer yumshab, asfalt qoplangan yo‘l o‘pirilib ketgan.
Guvohlarning aytishicha, bu vaqtda yo‘lning mazkur qismida mashinalar harakatlanmagan. Shu boisdan hech qanday texnik vositalari va odamlar jabrlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qashqadaryoda kuchli yomg‘ir natijasida ko‘prik qulab tushgani, shuningdek Oqrabotdan o‘tuvchi poyezdi yo‘li ham cho‘kib, izdan chiqib ketgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Izoh (0)