“Real”da mart oyining eng yaxshi futbolchisi ma’lum bo‘ldi. Ushbu nomga fransiyalik hujumchi Karim Benzema loyiq ko‘rildi.
Benzema mart oyida “Qirollik klubi” safida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.
31 yoshli hujumchi joriy mavsum mazkur sovrinni uchinchi bor qo‘lga kiritdi. Avvalroq Benzema noyabr va yanvar oyida ham ushbu sovringa ega chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, Karim Benzema joriy mavsum La Liga doirasida 31 ta bellashuvda 17 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi va 6 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)