Toshkent aholisi va mehmonlariga tojik kinosi kunlari doirasida to‘rtta badiiy film taqdim etiladi, deya xabar beradi Asia-Plus.
Tojik kinosi kunlarining tantanali ochilish marosimi bugun, 12-aprel kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyda bo‘lib o‘tadi.
Tojikiston madaniyat vazirligi ikki kun davomida Daler Rahmatovning “Havo Safari”, Fayzulloi Fayzning “Taksi”, Rumi Shoazimovning “Maymun uyqusi” hamda Muhiddin Muzaffarning “Dara” filmlari namoyish etilishini ma’lum qilgan.
Hozirda Tojikistonning yirik shaharlarida o‘zbek kinosi kunlari o‘tkazilishi masalasi muhokama qilinmoqda.
Bundan oldin tomonlar Tojikiston aktyorlarini o‘zbek filmlarida va aksincha, ishtirok etishga taklif qilish niyatlari haqida gapirilgandi.
Izoh (0)