Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Floyd Meyvezer bilan boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazishga tayyorligini aytdi, ammo u Saul Alvaresga qarshi ringga ko‘tarilishni istamayapti, deb xabar beradi “Match-TV”.
Kanelo Alvaresni misol qilib oladigan bo‘lsak, unga qarshi kurashlarsiz, toza boks qoidalari bo‘yicha jang qilish men uchun oson kechmaydi. Bu mutlaqo boshqa sport. O‘zimning haqiqiy imkoniyatlarimni bilaman.Avvalroq Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlyev Habib—Floyd jangini joriy yilning yozida “Lujniki” stadionida o‘tkazishga tayyor ekanligi haqida ma’lum qilgandi.Floyd Meyvezerga keladigan bo‘lsak, u bilan jang qilsa bo‘ladi. Chunki u 42 yoshda, biroz qari. Bu butun umrga, asrga tatigulik jang bo‘ladi. 100 yildan keyin ham UFC chempioni Habib Nurmagomedov boks bo‘yicha jahon chempioni Floyd Meyvezerni mag‘lub etganini odamlar eslashadi.
Bu yerda tavakkal qilsa bo‘ladi. Faqatgina bitta jang, faqatgina Meyvezer bilan. Mazkur jangni bu yil o‘tkazishni o‘ylamayapman. 2019-yil UFC’da jang qilishni rejalashtirmoqdaman.
Habib Nurmagomedov, yengil vazn toifasida UFC chempioni
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)