Yaponiya hukumati KXDRga qarshi bir tomonlama sanksiyalarni ikki yilga cho‘zishga qaror qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Bu qaror 1970 va 1980-yillarda Shimoliy Koreya razvedkasi tomonidan o‘g‘irlab ketilgan Yaponiya fuqarolarining masalasida yetarlicha progressga erishilmaganligi sababli qabul qilingan.
Yaponiya hukumati yaqin kelajakda Shimoliy Koreyadan turli xil oraliq ballistik raketalarni yo‘q qilishiga ishonish kerakmasligini ta’kidlagan.
Yaponiya 2006-yilda Pxenyan yadroviy sinov o‘tkazganidan so‘ng KXDRga bir tomonlama sanksiyalar kiritgandi. Xususan, cheklovlar tovarlar importi va eksportini taqiqlashni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari Shimoliy Koreyaning kemalariga Yaponiyaning portlariga kirish taqiqlanadi.
2017-yilning avgustida Yaponiya takroran raketalar uchirgani uchun KXDRga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritgan. Shu yilning noyabr oyida KXDR tashkilotlari va 26 xususiy shaxslariga qarshi sanksiyalar joriy qilingan.
Izoh (0)