Toshkent shahrining Uchtepa tumanida 31 yoshli Igor K. spirtli ichimlik ta’sirida 36 yoshli Jamshid M. bilan janjallashib, unga nisbatan ko‘zdan yosh oqizadigan gaz ballonchasini ishlatgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Natijada Jamshid M. ko‘zlari kuygan holda shifoxonaga yotqizildi.
Bundan tashqari, uning yonida bo‘lgan uch nafar ayol ham kimyoviy moddalardan zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yetkazildi.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)