6-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turi doirasida navbatdagi 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan Bekobodning “Metallurg” klubi safarda “Dinamo” mehmoni bo‘ladi. Uchrashuvga Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da start beriladi.
Eslatib o‘tamiz, bekobodliklar o‘tgan turda “Buxoro”ni taslim qilgan bo‘lsa (2:0), “Dinamo” mehmonda “Surxon”ga kichik hisobda imkoniyatni boy bergandi (0:1).
Shu kuni Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida musobaqa jadvalida oxirgi pog‘onani egallab turgan Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bilan bahsga kirishadi. Bellashuv soat 17:00 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Namangan klubi 2-turda Toshkentning boshqa bir jamoasi “Lokomotiv”ga 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi. “Bunyodkor” esa poytaxt derbisida “Paxtakor”dan yengilgandi (1:2).
Superliga
3-tur bahsi
6-aprel, shanba
“Dinamo”—“Metallurg” 16:30
“Navbahor”—“Bunyodkor” 17:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)