2-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 33-turida “Fulhem” “Uotford”ga mag‘lub bo‘ldi (1:4).
Mavsum avvalida yuqori divizionga qaytgan londonliklar chempionat doirasida oxirgi 14 ta uchrashuvning 13 tasida yutqazdi va mavsum tugashiga bir kun qolganda quyi ligaga (Chempionship) tushib ketdi.
“Fulhem” ayni damda musobaqa jadvalida 17 ochko jamg‘argan holda 19-o‘rinda bormoqda. 17-pog‘onadan joy olgan “Byornli” esa 33 ochko to‘plagan va zaxirasida bitta uchrashuv ham mavjud.
Hozirda “Fulhem”ni Skott Parker boshqarmoqda. Eslatib o‘tamiz, mart oyining boshida klub rahbariyati italiyalik mutaxassis Klaudio Ranyeri bilan shartnomani bekor qilib, uni iste’foga chiqargandi.
Avvalroq “Haddersfild” musobaqa yakunlanishiga 6 tur qolganda, yangi mavsumni Chempionshipda boshlashi ma’lum bo‘lgandi.
Ta’kidlash joiz, “Fulhem” yozgi transferlar vaqtida 100 million funtdan ortiq mablag‘ sarflagandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)