Afg‘oniston shimolidagi Balx provinsiyasida “Tolibon” radikal harakati jangarilari hujumi oqibatida xavfsizlik kuchlarining kamida sakkiz nafar xodimi halok bo‘ldi, deya xabar beradi “TASS”.
Balx viloyati hokimi rasmiy vakiliga ko‘ra, dushanba kuni Sholgar tumanida xavfsizlik kuchlari hududni patrul qilayotgan vaqtda “Tolibon” raketa hujumini sodir etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, hujumda to‘rt nafar politsiya xodimi yaralangan. Shuningdek “Tolibon” harakati jangarilarida ham yo‘qotish bo‘lgan.
Izoh (0)