Bosh prokuratura huzuridagi Departament Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi “B” MChJ xorijiy korxonasi O‘zbekistonga Hindistonda ishlab chiqarilgan “Komaston” dori vositalari laboratoriya tekshiruvlari qalbakilashtirib import qilgan. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, laboratoriya tekshiruvlari natijasida dori vositasi tarkibida ko‘rsatilgan asosiy “Didrogesteron” ta’sir etuvchi moddasi bo‘lmagan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda “B” MChJ xorijiy korxonasi mutaxassisi J.N. va boshqalar soxta hujjatlar tayyorlab, 2018-yilda jami 115,538 ta “Komaston” vositasini dori sifatida rasmiylashtirishga va O‘zbekistonga import qilishga erishib, shundan, 76,538 tasini ichki bozorlarda 4 821 000 so‘mga realizatsiya qilishganligi aniqlandi.
Hozirda Departament organlari tomonidan qalbaki “Komaston” dori vositalarining ichki bozorlarda noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish choralari ko‘rilgan.
Mazkur holat yuzasidan “B” MChJ xorijiy korxonasi mutaxassisi J.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)