30-mart, shanba kuni “Borussiya Dortmund” hujumchisi Pako Alkaser Germaniya chempionatining 27-turida “Volfsburg”ga qarshi o‘yinda dublga erishdi (2:0).
Ispaniyalik futbolchi ikkala golini ham uchrashuvning 90-daqiqasidan keyin urdi. Opta’ning xabar berishicha, Alkaser Bundesliga tarixida bitta mavsumda bellashuvning qo‘shimcha daqiqalarida 5 ta gol urgan birinchi o‘yinchi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi joriy mavsum 21 ta o‘yinda maydonga tushib 16 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)