Qo‘shinlarning jangovar shayligini to‘satdan tekshirish rejasiga asosan, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi tomonidan vazirlik bo‘linmalarining jangovar shaylik darajasi bosqichma-bosqich o‘quv sinovlaridan o‘tkazilmoqda, deb yozadi O‘zA.
Xabarda aytilishicha, tekshiruvlarning asosiy maqsadi bo‘linmalarning jangovar shayligi va jipsligini tahlil qilish va baholash, shuningdek, harbiy qismlar, harbiy texnika va qurol-aslahalarning o‘quv-jangovar vazifalarni bajara olishga tayyorgarligini nazoratdan o‘tkazishdan iborat.
Bu galgi tekshiruvga Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining barcha harbiy bo‘linmalari jalb etilgan. O‘quv mashqlari joriy yilning 26—29-mart kunlari Qashqadaryo viloyatidagi “Muborak” va “Nuriston” poligonlarida, shuningdek, harbiy okrugning boshqa hududlarida bo‘lib o‘tgandi.
Izoh (0)