“Tottenhem” yarim himoyachisi Kristian Eriksen Angliya chempionatining 32-turida “Liverpul”ga qashi o‘yinda 1 golli uzatma berdi (1:2).
Daniyalik so‘nggi 18 yil ichida APL doirasida ketma-ket 4 ta mavsumda 10 ta va undan ko‘p golli uzatma bergan ikkinchi futbolchiga aylandi. Bu haqda Opta xabar berdi.
Avvalroq 1997/98-yilga mavsumdan 2000/01-yilgi mavsumga qadar “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Devid Bekhem mazkur ko‘rsatkichni qayd etgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)