O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi o‘rinbosari A.Usmonovning navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Zarafshon shahrida o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga o‘z manbasi xabar berdi.
Sayyor qabulda A.Usmonov bilan birga viloyat prokurori Sh.Aminov, viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Bozorov, viloyatdagi boshqarma va idoralar boshliqlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.
Sayyor qabulda Uchquduq tumani va Zarafshon shahrida istiqomat qiladigan 110 nafar fuqaroning murojaati qayd etildi.
Aholini tashvishlantirayotgan muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul shaxslar biriktirildi. Murojaatlarning aksariyatini bandlik, yo‘l, tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda pasport tizimi bilan bog‘liq masalalar tashkil etdi.
Sayyor qabulda mas’ullarga topshirilgan masalalarning ijrosi yaqin kunlarda muhokama etilishi belgilandi.
Shuningdek, qabul chog‘ida Uchquduq tumani va Zarafshon shahrida jinoyatchilikning oldini olishda faollik ko‘rsatgan 4 ta mahalla va ovul fuqarolar yig‘ini raislariga kitoblar sovg‘a qilindi.
Tomdi tumani Aqtau ovul fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari A.A.Usmonov, Navoiy viloyat Xalq qabulxonasi rahbari F.B.Quvandiqov, Navoiy viloyat prokurori Sh.A.Aminov, Navoiy viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari A.A.Bozorov, viloyat va tuman korxona, tashkilotlar rahbari qatnashdi.
Ovulda yashovchi fuqarolar ishtirok etgan qabulda aholi tomonidan 26 ta murojaatlar tushdi. Ushbu muammolar belgilangan tartibda ijro uchun qabul qilinib, nazoratga olindi. Boshqa murojaatlar yuzasidan yo‘l xaritalari ishlab chiqilib, ijrosi ta’minlanishi belgilab olindi.
Izoh (0)