31-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-turi doirasida so‘nggi 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Kunning dastlabki o‘yinida Toshkentning ikki klubi — “Bunyodkor” hamda “Paxtakor” klublari o‘zaro bahsga kirishadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da start oladi. Eslatib o‘tamiz, “sherlar” 1-turda “Lokomotiv”ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, “qaldirg‘ochlar” safarda “So‘g‘diyona”ga imkoniyatni boy bergandi (1:2).
Shu kuni Farg‘onadagi “Istiqlol” stadioni vodiy derbisiga mezbonlik qiladi. Unda “Qo‘qon-1912” klubi “Andijon”ga qarshi maydonga tushadi. Avvalgi turda qo‘qonliklar Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan, “Andijon” esa “Qizilqum”ga qarshi durang o‘ynagandi (1:1).
Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul qiladi. Ikkala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, musobaqaning ilk turida qashqadaryoliklar “Dinamo”ni yuta olmagandi (1:1).
Superliga
2-tur bahsi
31-mart, yakshanba
“Bunyodkor”—“Paxtakor” 17:00
“Qo‘qon-1912”—“Andijon” 19:15
“Nasaf”—“So‘g‘diyona” 19:15
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)