Orif Bozorov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda MIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
O. Bozorov muqaddam Bosh prokuratura huzuridagi departament va Byuroning Navoiy viloyat boshqarmalarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
U bunga qadar MIB Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.
Izoh (0)