Amerika yetakchisi Donald Tramp Twitter’da, kelgusi haftada Meksika bilan chegarani yopib qo‘yishini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Tramp, agar Meksika mamlakatga noqonuniy migratsiya oqimi kirib kelishini to‘xtatmasa, AQSh bilan Meksika o‘rtasidagi chegarani yopib qo‘yishi haqida ogohlantirdi.
“Agar Meksika bizning janubiy chegaramizdan AQShga noqonuniy immigrantlarning kirib kelishini darhol to‘xtatmasa, men kelgusi haftada chegarani yoki chegaralarning katta qismini yopib qo‘yaman”, — deb aytgan Tramp.
Izoh (0)