O‘zbekistonda 1-aprelidan boshlab 1-iyungacha bo‘lgan muddatda GSM-operatorlari tarmoqdagi barcha mobil qurilmalarni avtomatik ravishda ro‘yxatga oladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.
Ma’lum qilinishicha, 1-iyuldan boshlab o‘g‘irlangan yoki standartlarga to‘g‘ri kelmaydigan mobil qurilmalarni ishlatishda muammolar kelib chiqishi mumkin.
Ro‘yxatga olish qurilmalar bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash, kontrabanda yo‘llari bilan mobil telefonlarni olib kelinishini cheklash kabi maqsadlarda amalga oshirilmoqda. Qurilmani avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun haq olinmaydi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda 22 milliondan ziyod mobil aloqa abonentlari, shuningdek, 16 milliondan ko‘proq mobil internet foydalanuvchilari mavjud.
Izoh (0)