“Chelsi” hujumchisi Gonsalo Iguain Argentina terma jamoasida boshqa o‘ynamasligini ma’lum qildi.
“Men Skaloni bilan suhbatlashdim va unga terma jamoadagi faoliyatim tugaganini aytdim. Uzoq o‘yladim va shu qarorga keldi. Ko‘proq vaqtimni oilam davrasida o‘tkazishni xohlayman. Boshqacha fikrlaydiganlar uchun bu quvochli xabardir, mening terma jamoadagi karyeram nihoyasiga yetdi.Eslatib o‘tamiz, Iguain 2009-yilda Argentina terma jamoasi safida o‘zining debyut o‘yinini o‘tkazgan. Shu vaqtga u terma jamoa safida 75 ta uchrashuvda maydonga tushib, 31 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Hujumchi jamoa bilan birgalikda Jahon Chempionati—2014, Amerika Kubogining 2015, 2016-yilgi musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallagan.Biz ketma-ket 3 marta finalgacha bordik. Ularning biri Jahon Chempionatida ro‘y bergan, biroq g‘alaba qozonolmadik. Shunga qaramay bizni omadsizlar deb atashdi. Men uchun muvaffaqiyatsizlik boshqa narsa.
24 yil ichida birinchi marta jamoani yarim finalga olib chiqish uchun Belgiya darvozasiga gol kiritdim, Jahon Chempionati saralash bosqichida ham gol urdim. Lekin odamlar faqatgina xatolarni eslab qoladi. Futbol shunday o‘yin.
Men haqimdagi gap-so‘zlardan oilam qanday azob chekkanini ko‘rdim. Odamlar o‘ylamay har narsani gapiraveradi. Futbolchilar ham odam, ular hech qachon o‘zlarini bizning o‘rnimizga qo‘yib ko‘rishmaydi.
Futbol tomonlarini tanqid qilishgani yaxshi. Biroq futboldan yiroq bo‘lgan narsalarni tanqid qilishsa, izzat-nafsiga tegishsa — bundan yomoni yo‘q”, — Fox Sports’ga bergan intervyusida.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)