Bangladesh poytaxti Dakkadagi osmono‘par binoda yuz bergan yong‘in qurbonlari soni kamida 25 kishiga yetdi, deya xabar beradi “Korrespondent”.
Avvalroq 19 kishi halok bo‘lgani va 70 kishi kasalxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, yong‘in 28-mart kuni Dakkadagi biznes kvartalda joylashgan osmono‘par binoda yuz bergan.
Bangladesh hukumati, yong‘in, ehtimol, xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani sababli yuzaga kelgan deb hisoblamoqda.
Politsiya tergov doirasida bino egasini so‘roq qiladi.
Izoh (0)