O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Buxoro teleradiokompaniyasining Telegram’dagi kanali xabar berdi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 29-mart kuni Buxoro viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, avvalgi vazifalar ijrosi bilan tanishish, yangi istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida tashrif buyurishi rejalashtirilyapti”, — deyiladi teleradiokompaniya xabarida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti 24-martdan buyon BAAda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Izoh (0)