• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Fotogalereya: Og‘ir kasalligiga qaramay o‘z faoliyatini davom ettirgan mashhurlar

    Sog‘liq har bir odamning hayotidagi eng muhim narsa, ammo kasal bo‘lishdan hech kim sug‘urtalanmagan. Bizga baxtli va kuchga to‘la ko‘ringan aksariyat yulduzlar kasal ekanliklarini oshkor etmaydi.

    Ulardan ayrimlari ommaning e’tiborini jalb etish uchun emas, balki odamlar o‘z sog‘liqlari haqida hozirdan qayg‘urishlari kerakligi, aks holda kech bo‘lishi mumkinligini aytish maqsadida kasalliklari haqida bir necha yil o‘tib ma’lum qiladi. AdMe shunday yulduzlar haqida ma’lum qildi.

    Mark Ruffalo

    https://www.instagram.com/p/BvWwUGvAfQz/?utm_source=ig_embed

    2001-yilda aktyorga vestibulyar shvannoma kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Bu bosh miya o‘simtasi kasalligi bo‘lib, akustik nevrinoma nomi bilan ham mashhur. O‘sha paytda aktyorning rafiqasi birinchi farzandini dunyoga keltirish arafasida bo‘lgan. Mark hech kimga o‘z kasalligi haqida gapirmagan. Chaqaloqning bir haftalik bo‘lishini kutib aktyor rafiqasiga kasalligi haqida ma’lum qilgan. O‘simtani olib tashlash bo‘yicha operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Biroq yuzining yarmi falaj bo‘lib, chap qulog‘i eshitmay qolgan. Ammo bu aktyorning baxtli hayot kechirib, muxlislarini ijodi bilan xursand qilishiga halal bermaydi.

    Morgan Frimen

    https://www.instagram.com/p/BsyK1KVF-QZ/?utm_source=ig_embed

    2013-yilda AQShlik aktyor Morgan Frimen 2009-yilda avtohalokatga uchraganidan so‘ng fibromialgiya kasalligiga chalinganligini oshkor qilgan. Bu bo‘g‘imlarda, mushaklarda va boshqa to‘qimalarda surunkali og‘riqni boshdan kechirish holati.

    Uning o‘ng yelkasi, qo‘li va tirsagi singan va aktyor operatsiya qilingan. Shifokorlar uning yelkasi va qo‘lidagi shikastlangan nervlarni tiklash maqsadida to‘rt soat davomida operatsiya qilgan. Morgan chapaqay, lekin u chap qo‘l barmoqlarini qimirlata olmaydi. U harakatsizlik oqibatida qon to‘planib qolmasligi uchun kompresslovchi maxsus qo‘lqop taqib yuradi.

    Alek Bolduin

    https://www.instagram.com/p/BRywtprDXyy/?utm_source=ig_embed

    Alek Bolduin Layma kasalligiga qarshi kurashgani haqida 2017-yilda gapirib bergan. Aktyor kana chaqishi oqibatida zararlangan va u bir necha yil davomida holdan toydiruvchi doimiy bosh og‘rig‘i, yorug‘likka ta’sirchanlik, mushaklar og‘rig‘i, titroq, teri toshmalari kabi alomatlarga olib kelgan.

    Anasteysha

    https://www.instagram.com/p/BuMf6SnFBib/?utm_source=ig_embed

    Anesteysha 13 yoshidan beri Kron kasalligi bilan yashaydi. Kasallik tashxisi qo‘yilgan paytda uning ingichka ichagining katta qismi yaxshi sifatli o‘smalar bilan zararlangan. Shu sababli  ichagining 30 santimetri va bir necha limfa tugunlari kesib tashlangan. Qo‘shiqchida hali ham kasallikning ba’zi alomatlari kuzatiladi: oshqozonda noqulaylik, chandiq izlari tagining tortishib og‘rishi. Ba’zan esa u umuman ovqatlana olmaydi.

    2003-yilda esa unga ko‘krak saratoni kasalligi tashxisi qo‘yilgan. O‘simtani olib tashlash bo‘yicha jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilgan, shundan so‘ng bir necha davolanish bosqichini o‘tgan. Hozirda Anesteysha faol musiqiy faoliyat olib borib muxlislarini xursand qilishda davom etmoqda.

    Devid Bekxem

    https://www.instagram.com/p/BqfYhg9hR_5/?utm_source=ig_embed

    Devid Bekxem bolaligidan astmaning yengil shakli bilan og‘rigan. U bu haqda aytishni xohlamagan. Chunki astma uning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmagan. Ammo 2009-yildagi o‘yin paytida ingalyatordan foydalanishga majbur bo‘lgan va shundan boshlab kasalligini yashira olmagan. Hozirda u fudbol faoliyatini tugatgan.

    2006-yilda esa obsessiv kompulsiv sindromidan aziyat chekishini tan olgan. Futbolchi biror narsa bir chiziqda yoki boshqa xususiyatlariga ko‘ra tartib bilan turmagunicha tinchlana olmaydi.

    Bono

    https://www.instagram.com/p/BVvJdqWBglt/?utm_source=ig_embed

    U2 frontmentining aytishicha, uning qoraytirilgan ko‘zoynak taqishiga surunkali ko‘z kasalligi sabab bo‘lgan. U 20 yil davomida glaukoma kasalligi bilan og‘riydi. Shu sababli u doim, hatto xonada ham maxsus ko‘zoynakda yuradi. Glaukoma ko‘z olmasida qon bosimining oshishidan kelib chiqqan bo‘lib, davolash choralari ko‘rilmasa, ko‘rish nervlarini shikastlab, ko‘rlikka olib kelishi mumkin. Biroq bu unga san’at sohasidan ketishga sabab bo‘la olmagan.

    Melani Griffit

    https://www.instagram.com/p/yUmk_YgE4N/?utm_source=ig_embed

    Aktrisaning aytishicha, sakkiz yil avval unga epilepsiya tashxisi qo‘yilgan. 2011-yilda Kanndagi kinofestivalda ikki marta tutqanoq xuruj qilib qolganda kasalligi ma’lum bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, unda kasallik xuruji qattiq siqilishdan so‘ng paydo bo‘ladi. Ammo turmush tarzini yaxshilaganidan so‘ng olti yil davomida kasallik xuruji kuzatilmagan.

    Emiliya Klark

    https://www.instagram.com/p/BuU0VKYlcDF/?utm_source=ig_embed

    Aktrisa 21-mart kuni The New Yorker gazetasiga bergan intervyuda “Taxtlar o‘yini” serialini suratga olish davomida insult va uch marta miya operatsiyasini boshidan o‘tkazganini aytgan. Shu vaqtgacha u kasalligini rad etib kelgan. Hatto hamkasblari ham uning kasalligini bilmagan. Faqatgina “Taxtlar o‘yini” suratga olish guruhi rahbariyati bundan ogoh bo‘lgan. 2011-yilda sodir bo‘lgan insultdan so‘ng unda afaziya — nutqning buzilishi boshlangan.

    “Og‘ir ahvolda qolganimda shifokorlarga o‘lishimga imkon berishlarini so‘rardim. Mening ishim — hayotim qanday bo‘lishi haqidagi orzularim nutqim, muloqot qilishim bilan bog‘liq edi. Busiz o‘zimni yo‘qotib qo‘ygandek sezardim”, —deb xotirlaydi aktrisa.

    Baxtiga, afaziyadan qutilgan, biroq u muntazam ravishda bosh miya MRT tekshiruvidan o‘tib turishi kerak bo‘lgan. Chunki unda yana bir anevrizma aniqlangan bo‘lib, uning holatini doim nazorat qilib turish kerak bo‘lgan.

    2013-yilda aktrisaga anevrizmani olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Jarrohlik operatsiyasi paytida ko‘p qon ketishi oqibatida bu safar ochiq bosh miyada boshqa bir operatsiyani o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan. Shu sababli uning boshida katta chandiq qolgan. Bosh suyagining bir qismi esa titan plastinasidan iborat.

    Klarkning aytishicha, olti yildan so‘ng uchinchi operatsiyani o‘tkazgandan keyin o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. U bosh miya jarohati yoki insultga chalingan bemorlar davolanishiga yordam ko‘rsatuvchi SameYou fondi asoschilaridan biri hisoblanadi.

    28.03.2019, 10:10   Izoh (0)   53883
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda tez-tez kuzatilayotgan elektr uzilishlari bo‘yicha izoh berildi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 11:05

    “Real” “PSJ”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 6 iyul, 10:30

    O‘zbekistonda portlovchi va zaharli moddalar aylanmasiga talablar kuchaytirildi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 10:20

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 6 iyul, 09:50

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika kompaniyalari qo‘shma korxona tashkil etdi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 09:40

    Arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmang — Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 08:56

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.