26-mart, seshanba kuni Yevro—2020 saralash bosqichida Italiya terma jamoasi o‘z maydonida Lixtenshteynni yirik hisobda mag‘lub etdi (6:0).
Mazkur uchrashuvda hujumchi Fabio Kvalyarella 2 marta raqib darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasidan gol urdi (35, 45-daqiqalar) va dublga erishdi.
Natijada Italiya safida gol urgan eng “keksa” futbolchi bo‘lib terma jamoa tarixiga kirdi. Bu haqda Opta xabar berdi.
Ayni damda u 36 yosh 54 kunlik.
Avvalroq mazkur ko‘rsatkichda himoyachi Kristian Panuchchi yetakchilikni hech kimga bermay kelayotgandi (35 yosh 62 kunlik).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)