25-mart, dushanba kuni Yevro—2020 saralash bosqichida Fransiya terma jamoasi Islandiya termasini yirik hisobda mag‘lub etdi (4:0).
Mazkur o‘yinda fransuzlar hujumchisi Kilian Mbappe 2 ta golga assistentlik qilib, 1 ta gol urdi.
Squawka xabariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi klub hamda terma jamoa tarkibidagi o‘yinlarda har 83,5 daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilmoqda yoki golli pas bermoqda.
Kilian professional faoliyati davomida jami 169 ta bellashuvda maydonga tushib, 91 ta gol urdi va 48 ta golli uzatma berishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe Fransiya terma jamoasi safida 30 ta o‘yinda maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)