25-mart, dushanba Yevro—2020 saralash bosqichida Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Kallum Hadson-Odoi Chernogoriyaga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi (5:1).
“Chelsi” xavbeki rasmiy o‘yinda Angliya termasi asosiy tarkibida maydonga tushgan ikkinchi eng yosh futbolchi bo‘ldi, deb xabar beradi Opta. U kecha maydonga tushgan vaqtda 18 yosh 139 kunlik edi.
Ushbu ko‘rsatkichda terma jamoaning sobiq futbolchisi Ueyn Runi yetakchilik qilmoqda. U 2003-yilning aprel oyida Turkiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushganda 17 yosh 160 kunlik bo‘lgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)