Sergeli tumanida joylashgan “Utopiya” tungi klubida o‘nlab yigitlar ishtirokida ommaviy jang bo‘ldi. Bu haqda Repost xabar berdi.

Foto: Repost

Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda va qatnashchilarning shaxsi aniqlanmoqda.

Kuzatuv kamerasiga yozilgan ushbu jangning videosi esa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan. Xabarda aytilishicha, jang 3-mart kuni, soat tungi 02:00 da klubga kiraverishda sodir bo‘lgan.